AsosiyJinoyat

Navoiyda 42 yoshli erkak attorlik do`konidan 50 mln. so`mlik molni o`marib ketdi

'Navoiyda 42 yoshli erkak attorlik do`konidan 50 mln. so`mlik molni o`marib ketdi'ning rasmi

Navoiyda 42 yoshli erkak karantin sababli yopilgan attorlik do`konining oynasini sindirib kirib, sal kam 51 millionlik pardoz-andoz vasitalirini o`g`irlab ketdi. Bu haqda Nuz.uz xabar berdi.

Bu voqea 31 martda 4 aprel kunlari oralig`ida sodir bo`lgan. Ya`ni do`kon egasining karantinda uyda o`tirgani, o`z savdo shoxobchasiga kelolmayotganidan foydalanib do`konga o`g`irlikka tushgan. U magazin oynasini sindirib, u erdan 50 million 755 ming so`mlik upa-elik, pardoz vositalari va taqinchoqlarni olib ketgan.

O`ylab qaraydigan bo`lsangiz, sal kam 50 million so`mdan oshiq narxdagi kosmetika va taqinchoqlar ozmuncha bo`lmaydi. O`g`ri bemalol har kuni katta sumkalarni ko`tarib kelib, to`ldirib ketavergan ekan-da deb hayratga tushasiz. Boshqacha qanday qilib olib ketishi mumkin? Hozir transport vositalari bilan ko`chada yurishga ruxsat berilmayotgan bo`lsa... Ayollarning taqinchoq, bezaklari va mayda-chuyda bo`yoq vositalari unga nimaga kerak bo`lib qoldi ekan? Balki xotini yoki singlisining tug`ilgan kuni bo`lsa, hozir nooziq-ovqat do`konlari ishlamayotganidan noiloj magazin oynasini sindirib kirganu, qaytishda “ha endi shu erga kirdim, bo`sh ketmay” deb, cho`ntaklariga u-bu narsa solib chiqqan yoki keyingi safar yana katta sumka ko`tarib kelib, do`konni ship-shiydon qilib ketganmikan?..

Xullas savollar ko`p. Keling, bu haqda ko`p farazlarni o`rtaga tashlab boshni qotirmayikda, surishtiruv ishlarini o`z ustalariga qo`yib beraylik.

Ayni vaqtda bu xabarni etkazgan Navoiy shahri IIB jinoiy holatning aybdorini qo`lgan olishgan. Bu muqaddam sudlangan 42 yoshli A.A. ismli shaxs bo`lib chiqdi. Unga nisbatan O`zbekiston respublikasi JKning 169 moddasi “b,g” bandlari bo`yicha jinoiy ish ochilib dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar