AsosiyJinoyat

Boysunda sodir bo`lgan YTHda piyoda vafot etdi

Joriy yilning 21 aprel kuni soat 02:00larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Temirdarv...

'Boysunda sodir bo`lgan YTHda piyoda vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 21 aprel kuni soat 02:00larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Temirdarvoza mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining 1334-km.da, haydovchi 1997 y.t. S.P. “Neksiya” rusumli transport vositasida “Termiz-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotib, ushbu yo`nalish bo`yicha o`zidan oldinroqda yo`lda bir necha bosh qo`ylarni haydab ketayotgan piyoda 1992 y.t. A.Q. va unga tegishli bo`lgan 21 (yigirma bir) bosh qo`ylarni hamda 10 (o`n) bosh qo`zilarini urib yuborib YTH sodir etgan.

Oqibatda, piyoda A.Q. og`ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hurmatli yo`l harakati ishtirokchilari karantin vaqtida zaruratsiz ko`chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo`l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar