Toshkent viloyati. 2020 yil 17 aprel kuni soat 23:50 larda, noma`lum haydovchi, tergovga qadar tekshiruv davomida noma`lum avtomashinasida Chinoz tumani hududidan, Toshkent shahar tomon harakatlanib Zangiota tumani Turkiston mahallasidan o`tgan M-39 yo`li 818-kilometri avtomobil qatnov qismida 33 yoshli fuqaro V.R., ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
Ushbu yo`l-transport hodisasi oqibatida piyoda V.R., hodisa bo`lgan joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.Sh., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib prosessual tartibda ushlangan.






