Qo`qon shahrida yashovchi I.A. tanishi Z.Z.ni ishonchiga kirib, unga tegishli bo`lgan, yo`l harakati qoidalarini buzganligi sababli jarima maydoniga turgan “Nexia” rusumli avtomashinasini YXXBning tegishli ruhsatnomasisiz chiqarib berishga va`da bergan. Evaziga undan 350.000 so`m pullarniolayotgan vaqtda ushlangan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






