AQShning Ogayo shtatida yashovchi Jon Makdaniel koronavirusdan vafot etdi. U bundan oldin shtat gubernatorining karantin va o`zini izolyasiya qilish rejimiga qarshi chiqqan edi, deb xabar bermoqda Qalampir.
Ta`kidlanishicha, u gubernatorni boshqalarni hayotiga aralashishda ayblagan. Kim koronavirusga chalinishdan qo`rqsa uyda o`tirishi kerak deya ta`kidlagan edi Makdaniel.
Gubernator Deuayn barcha bar va restoranlarni yopish to`g`risida buyruq berdi, bu mutlaqo ahmoqlik. Uning haqqi yo`q bunday qilishga. Agar paranoid odamlar kasallik yuqtirishdan qo`rqsalar, ularni uyda o`tirishlariga ruxsat bering. Lekin, o`z hayotlarini yashayotganlarga aralashmaslik kerak. Bu tentaklikni to`xtashi kerak“, degan edi marhum.
Makdaniel oilasi hamshiralarga va shifoxonaning barcha xodimlariga Jonni hayotini koronavirusdan saqlash maqsadida qilgan barcha harakatlari uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildiradi. Ular barchaga xavfsiz bo`lish uchun ijtimoiy masofani saqlash zarurligini eslatib qo`yishni istadilar.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, AQShda koronavirus bilan bog`liq 825 306 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 75 673 nafari sog`aygan, 45 075 nafari esa vafot etgan. Hali tuzalmagan bemorlar 704 558 kishini tashkil qilmoqda.






