Irlandiyaning Ebb Veyl shaharchasidagi pandemiya sabab yopilgan «Makdonalds»ga qo`ylar to`dasi «tashrif buyurdi». Hayvonlarni Endryu Tomas ismli mahalliy aholidan biri payqab qolgan va ularning suratini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgangan. Bu haqda Ekologiya bo`yicha yangiliklar kanalida xabar qilindi.
Irlandiyada pandemiya sabab yopilgan «Makdonalds»ga qo`ylar to`dasi «tashrif buyurdi»
CNN telekanali bilan suhbatda Tomas Ebb Veyl ko`chalarida, odatda, qo`y, ba`zida ot yoki sigirlarni uchratish mumkinligini, biroq oldin hech qachon «Makdonalds» oldida ularni ko`rmaganini aytgan.
«Men qo`ylarni ko`rib qoldim va suratga olib, ‘Qo`ylar Makdonalds’ni tortib olishdi’ degan hazil izoh bilan Facebook’dagi sahifamga joylashtirdim», — deydi Endryu.
Bu COVID-19 pandemiyasi vaqtida sodir bo`layotgan birinchi holat emas. Ko`plab odamlar karantinda bo`lganligi sabab hayvonlar oldinlari borishga qo`rqqan joylariga kelishni boshlagan. Masalan, avvalroq Argentinadagi Mar-del-Plat kurort shahri ko`chalarida dengiz arslonlari paydo bo`lgani haqida xabar berilgandi






