AsosiyJinoyat

Sirdaryo: Issiqxonadagi o`g`irlik fosh etildi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Sirdaryo tuman bo`limi xodimlari...

'Sirdaryo: Issiqxonadagi o`g`irlik fosh etildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Sirdaryo tuman bo`limi xodimlari tomonidan tumandagi “Forovon” mahallasida joylashgan  “Dovron Doston Bekzod” fermer xo`jaligida o`tkazilgan nazorat tadbiri davomida, ushbu fermer xo`jaligi rahbari Sh.Bayzaev tomonidan fermer xo`jaligiga qarashli issiqxonada tabiiy gaz iste`moli uchun ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, o`zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi fosh qilindi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati bo`yicha hududiy gaz ta`minoti filialining  hisob-kitob xulosasiga ko`ra, fermer xo`jaligida aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan gaz ta`minot korxonasi manfaatiga 48,2 mln.so`m miqdorda moddiy zarar etkazganligi aniqlandi.

Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi Surishtiruv va ma`muriy amaliyot sho``basi tomonidan, ta`minot korxonasi manfaatiga etkazilgan 48,2 mln.so`m moddiy zarar to`liq undirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar