20 aprel kuni soat 21:30 larda Boyovut tumani, Gulbog` MFYda doimiy ro`yxatda turib, o`zi Guliston shahar, 4-mavze, «Bo`ston» MFYda yashovchi, vaqtincha ishsiz, fuqaro Ya.N. karantin qoidalarini buzib, yashash joyida Guliston shahar, «Sayqal» MFYda yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro J.J. bilan 150 ming so`m evaziga jinsiy aloqa qilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB HPB tomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-modda 2-qismi, 190-modda 2-qismi asosida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar Guliston shahar ma`muriy sudi tomonidan ko`rib chiqildi.
Sud hukmi bilan huquqbuzar Ya.N.ga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) barobari, ya`ni 4.460.000 so`m miqdorida jarima, 190-moddasi 2-qismi bilan 5 (besh) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






