AsosiyDunyo

Bemorning ko`z yoshlarida koronavirus aniqlandi

'Bemorning ko`z yoshlarida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Italiyaning Ladzaro Spallansani nomidagi yuqumli kasalliklar milliy instituti infeksiya yuqtirib olgan ayolning ko`z yoshlarida koronavirusni aniqladi.

COVID-19 izlarini topishga Uxandan yanvar oxirlarida qaytib kelgan 65 yoshli italiyalik ayol yordam bergan. Shifoxonaga yotqizilganidan uch kun o`tib, unda konyuktivit (ko`z shilliq qavatining yallig`lanishi) paydo bo`lgan va shifokorlar ko`z shox pardasidan shilliq namunalarini olgan.

Ta`kidlanishicha, ayolning ko`z yoshlarida virus RNKsi borligi ma`lum bo`lgan. Bundan tashqari, uch haftagacha ko`z yoshi suyuqligida koronavirus izi ketmagan. Bu vaqt orasida virus zarralari soni kamaygan.

Shuningdek, mutaxassislarning qayd etishicha, burun va tomoqdagi shilliq namunalari qoniqarsiz natija ko`rsatgan taqdirda ham ko`z shilliq qavatining testlari insonda koronavirus borligi bo`yicha ijobiy natijalarni berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar