Ma`lumki, yurtimizda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilingan. Mazkur hujjatlar bilan xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo`ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi alohida nazoratga olingan. Oilada tazyiqqa uchragan ayollarga "Himoya orderi" berilishi belgilangan.
Ishtixon tumani G`.G`ulom mahallasida yashovchi fuqaro D.Mamaevaning turmush o`rtog`i doimiy tazyiq ostiga olib kelgan. Fuqaro D.Mamaeva Ishtixon tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, himoya orderi berishni so`ragan.
Ushbu murojaatni o`rganish maqsadida Ishtixon tumani IIB xodimasi, xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektor, leytenant M.Primova nizoli xonadonga kelib, fuqaro D.Mamaevaga himoya orderini taqdim etdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.







