Qo`qon shahri. 21 aprel kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida G`.A. A.Ho`qandiy mavzesida “maxsus xaridor”ga 5 dona konvalyutadagi, 50 dona “Tramadol” tabletkalarini sotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, G`.A.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






