AsosiyJinoyat

Andijonda yo`lovchi talashgan haydovchilarning janjali pichoqbozlik bilan tugadi

Andijonda  2020 yil 23 aprel kuni soat 17:30 larda 22 yoshli M.Q. Shahrixon tumani Qo...

'Andijonda yo`lovchi talashgan haydovchilarning janjali pichoqbozlik bilan tugadi'ning rasmi

Andijonda  2020 yil 23 aprel kuni soat 17:30 larda 22 yoshli M.Q. Shahrixon tumani Qo`rg`oncha maxallasida 27 yoshli D.J. bilan avtomashinalarida yo`lovchi tashish navbati masalasida janjallashib qolishadi. O`zaro janjal oqibatida M.Q xo`jalik pichog`i bilan D.J., ga tan jarohati etkazadi va  D.J. tuman markaziy shifoxonaga olib borilgan. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (badanga qasddan og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va M.Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, prosessual tartibda ushlangan.

 

    Boshqa yangiliklar