AsosiyDunyo

Inglizlar atom bombadan ham kuchli bo`lgan "ruslarning quroli"ni topishdi

'Inglizlar atom bombadan ham kuchli bo`lgan "ruslarning quroli"ni topishdi'ning rasmi

G`arbda saqlanganayotgan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga sodiq bo`lgan rossiyalik oligarxlar tomonidan to`plangan ulkan boylik juda ham samarali qurol hisoblanib, hatto atom bombasidan ustundir. Ushbu mablag`lar tashqi siyosat vositasi sifatida Moskvaga do`stona munosabatda bo`lmagan mamlakatlarda vaziyatni beqarorlashtirish uchun qo`llanilishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi xabar bermoqda, deya yozdi Zamon sayti.

Britaniya, Evropa Ittifoqi va AQSh - "qayta tiklanayotgan Putin Rossiyasining asosiy dushmanlari» ekanligi haqida nashr eslatma berib o`tadi. Shu bilan birga, G`arb o`zining ochko`zligi tufayli "Putin bilan fitna"ga kirishdi.

Biz o`zimiz ruslarning "qora pullari" uchun yo`l ochib berdik. Endi ulardan geosiyosat quroli sifatida, Rossiya ichidagi avtoritar boshqaruv mexanizmi va G`arbdagi hokimiyat institutlarini buzish uchun foydalanilmoqda,- deya ishonch bilan yozmoqda Britaniya OAV.

SSSR qulaganidan beri Rossiya Federasiyasidan kapitalning taxminiy chiqib ketishi 800 milliard dollardan (641 milliard funt) ortiqni tashkil etgan bo`lib, bu o`z navbatida «butun Rossiya xalqining boyligidan ko`proq». Kapitalni olib chiqish uchun «moldovacha kir yuvish» kabi mexanizmlardan foydalanilgan. Pullar mohirona yuvilgan.

Nashrning ta`kidlashicha, Putin ushbu mablag`lardan foydalangan holda "G`arb mamlakatlaridagi vaziyatni portlatmoqchi". Ta`kidlanishicha, ingliz bankirlari yaxshigina mukofotlar evaziga Rossiya pullari atrofida yaltoqlanib yurishibdi. Faoliyatini deyarli nazorat qilmaydigan direktorlar kengashida o`tirish uchun Britaniya lordlariga Rossiya kompaniyalari yiliga 500 ming funt sterling to`lashadi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi tarafdori bo`lgan Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi Putinning ekstravagant xatti-harakatlarini olqishlashadi.

Ruslarning pullari G`arb tuzilmalarini tom ma`noda egallab oldi. Bularning barchasi umuman G`arb uchun, xususan Buyuk Britaniya uchun katta xavf tug`diradi.

    Boshqa yangiliklar