Ko`plab mamlakatlarda infeksiya tarqalishi sur`ati pasayishi sabab karantin tadbirlarini engillatish kuzatilmoqda.
Ma`lumot o`rnida:
Yel universiteti olimlarining tadqiqotlariga ko`ra, og`iz bo`shlig`idan to`g`ridan-to`g`ri olingan namuna hozirda keng qo`llanilayotgan burundan surtma olishga qaraganda infeksiyaning "afzal" ko`rsatkichi hisoblanadi.
- Rossiya Federasiyasida koronavirus o`sish sur`ati 10 foizgacha kamaydi, cheklov tadbirlari maksimal darajada ijobiy rol o`ynadi.
- Italiyada bir kunda koronavirusdan 260 nafar kishi vafot etdi. Bu 14 martdan buyon eng past ko`rsatkich. Fransiya va Ispaniya bilan bir qatorda mamlakat ham koronavirus cheklovlarini engillatishga tayyorlanmoqda.
- Isroilda go`zallik saloni va sartaroshxonalar ish boshladi. Salonga kirishda mijozlarning tana harorati o`lchanadi va niqob taqqanligi tekshiriladi.
- Rossiya Federasiyasidan bug`doy, javdar, arpa va makkajo`xorini Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi chegaralariga eksport qilish kvota tanlovlaridan so`ng 1 iyulga qadar to`xtatildi.
- Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining o`chog`i bo`lgan Uxan shahri shifoxonalarida COVID-19 ga chalingan birorta bemor qolmadi.
- Niderlandiya hukumati yakshanba kuni ikkita alohida qorako`zan fermasida COVID-19 kasalligi aniqlanganini tasdiqladi
- Ispaniyada koronavirusdan kunlik o`limning eng past ko`rsatkichi qayd etildi. Yakshanba kuni mart oyi o`rtalaridan buyon birinchi marta 14 yoshgacha bo`lgan bolalarga ochiq havoda sport bilan shug`ullanishga ruxsat berildi. Mamlakatda karantin engillatilgunga qadar 36 ming nafar uyda o`tiradiganlar tanlanib tekst tekshiruvidan o`tkaziladi
- Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson COVID-19 dan davolanishdan so`ng dushanba kuni ishga qaytadi
- Mamlakatlar infeksiya yuqtirgan kishi kimlar bilan aloqada bo`lganini aniqlash uchun aloqalarni kuzatish ilovalarini ishga tushirmoqda. Britaniya nashri 8 ta etakchi davlatning qiyosiy tahlilini chop etdi
- Tojikistondagi barcha futbol musobaqalari koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sabab 10 mayga qadar to`xtatildi. Bunga qadar Tojikiston chempionati pandemiya sabab Belarus, Nikaragua, Tayvan va Turkmanistondagi milliy chempionatlar qatorida to`xtatilmagan edi
- Janubiy Koreyada katta cherkovlar ochildi, keluvchilardan masofani saqlash va niqob taqish talab qilinadi.
Mutaxassislar ikkita asosiy elementga asoslangan karantindan chiqish strategiyasini e`lon qilishdi. Bular "yashil hudud"larni aniqlash, keyin esa xavf kamayishi darajasiga ko`ra ularni sekin-asta birlashtirishdir.






