SpaceX taxminan uch oy ichida Starlink aloqa tarmog`ini beta-testdan o`tkazishni boshlaydi va olti oy ichida ushbu xizmatdan cheklangan miqdorda kirishni ta`minlaydi, deb yozdi kompaniya rahbari Ilon Mask o`zining Tvitter sahifasida. Birinchi sinovlar yuqori kengliklarda o`tkaziladi.
Tezkor Internetni tarqatish uchun sun`iy yo`ldoshlar turkumini yaratish bo`yicha SpaceX ning shov-shuvli loyihasi, 60 ta sun`iy yo`ldoshni Erning past orbitasiga olib chiqqanidan so`ng, ushbu xizmatning amaliy jihatdan ishga tushirilishi yo`lida yana bir qadam qo`yildi. Endi ularning soni 422 dona bo`lib, texnik jihatdan xizmatlarini shimoliy yarim sharda ishga tushirish uchun tayyor.
Space rahbari Ilon Mask o`zining Tvitterdagi sahifasi orqali, yuqori kengliklarda xususiy beta sinovlari taxminan uch oydan keyin, ommaviy beta-sinovlar esa olti oydan keyin boshlanishi haqida ma`lum qildi. Germaniya yuqori kenglik zonasiga kiradimi degan savolga Mask qat`iy ishonch bilan ijobiy javob berdi.
Yopiq test jarayoni SpaceX va Tesla ishchilari va ularning oilalari o`rtasida ehtimol o`tkaziladi, Mask odatda yangi avtomobillar uchun dasturiy ta`minotlarining barcha sinovlarini xuddi shunday tarzda o`tkazib keladi, deb yozadi Ars Technica.
Agar Maskning rejasi amalga oshsa, Starlink har qanday boshqa sun`iy yo`ldosh Internet provayderlariga qaraganda yaxshiroq holatga erishadi. Maksning so`zlariga ko`ra, asosiy e`tibor qaratilayotgan- aloqa etib borishi murakkab bo`lgan hududlarda yashovchilar uchun esa – ushbu loyiha yagona aloqa o`rnatish varianti bo`lishi mumkin.
Sun`iy yo`ldosh signalini qabul qilish uchun Maskning tasvirlab berishiga ko`ra, «huddi tayoqchaga o`rnatilgan NUJ» kabi ko`rinishidagi kichik er usti antennalari joylashtiriladi. SpaceX xabarlaridan, yaratilayotgan tizimda ushbu antennalarning roli nimadan iborat ekanligi to`liq angalb bo`lmadi. Ehtimol, bu mijozlarni ohirgi nuqtadagi qabul qiluvchi qurilmalaridir.
Eng muhimi shundaki, ulardan foydalanish sodda va gigabit tezligi 25 dan 35 ms gacha bo`lib, vaqt bo`yicha 10 ms gacha bo`lgan gigabit tezlik bilan ta`minlaydi. Bu nafaqat yuqori sifatli video qo`ng`iroqlar uchun, balki kibersport bo`yicha professional musobaqalar uchun ham etarlidir.






