So`nggi kecha-kunduzda Rossiyada 6000 dan ortiq yangi virusni yuqtirish holati qayd etildi. Jami koronavirus aniqlanganlar soni 87 ming nafardan oshib ketdi. Bu ko`rsatkich Xitoyda kasallik yuqtirganlar sonidan ortiqdir.
Aniq qilib aytganda Rossiya bo`yicha bir kunda 6198 yangi holat aniqlangan. O`lim holatlari esa 50 taga etgan. Bu haqda koronavirusga qarshi tezkor guruh telegram kanali ma`lumotlarina asoslanib Forbes nashri ma`lum qildi.
Shu o`rinda bir kecha-kunduzda 579 kishi sog`aygani aytilmoqda.
Birgina Moskvaning o`zida bir kecha-kunduzda 2871ta, Moskva viloyatida 638 ta yangi holat aniqlangan.Uchinchi o`rinni Nijegorod viloyati (207), keyin Dog`iston (167) va Sankt-Peterburg (161) egallamoqda. Boshqa hududlarda esa birdan 85gacha holatlar qayd etilgan.
Mamlakatning koronavirus bo`yicha tezkor guruhi xodimlari ta`kidlashicha yangi zararlnganlarning 41 foizi 18 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan fuqarolardir. Shuningdek 39,5 foiz holatda 65 yoshlilar, 9 foiz holatda 66-79 yoshgacha bo`lgan kishilar, 5 foiz holatda esa 80 yoshdan oshgan bemorlar tashkil qlmoqda.
Shu tariqa Rossiya koronavirus bemorlari soni bo`yicha Xitoyni ortda qoldirdi.Bu xulosani Jon Xpkins universiteti ekspertlari ham tasdiqladi.
Manzura Bekjonova tayyorladi.






