AsosiyJinoyat

Navoiyda poraxo`r “qo`shmachi” fosh etildi

Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig`ini hududida poraxo`r "qo`shmachi" qo`lga ol...

'Navoiyda poraxo`r “qo`shmachi” fosh etildi'ning rasmi

Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig`ini hududida poraxo`r "qo`shmachi" qo`lga olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.

 Xususan mahallada ijarada yashovchi fuqaro B.D. hamda uning rafiqasi B.S. yashash xonadoniga tanishlari A.O`. hamda Sh.J.larni aldov yo`li bilan taklif etib, noodatiy tartibda mehmondorchilik tashkillashtirishgan.

Mezbonlar ichimlik olib kelish bahonasida do`konga ketib, ancha vaqtgancha qaytishmadi. Aslida ularning maqsadi mehmon kutish emas, balki “qo`shmachilik” qilish bo`lib chiqdi. Paytdan foydalanib A.O`. holi qolgan Sh.J.ga tajovuz qilib, uyatsiz xatti-harakatlar sodir qilgan. 

Bo`lib o`tgan holat yuzasidan Sh.J. Karmana tumani IIBga murojaat qilganu, fuqaro kutilmaganda ariza yozishdan bosh tortgan. Biroq, 3 kun o`tib Sh.J. tuman IIBga qayta yozma ariza bilan murojaat etib, endilikda voqea boshqacha tus olganligi yuzasidan batafsil ma`lumot berdi. 

Arizaga ko`ra, B.D. endilikdan tuman IIBning “Diyor” ismli xodimi nomidan ko`zbo`yamachilik asosida ish ko`rib, tanishi A.O`.dan bo`lgan voqealarni bosti-bosti qilish uchun 20 million so`m pul mablag`i talab qilgan va ushbu mablag`ni pora sifatida IIO xodimiga berib, vaziyatni ijobiy hal qilishini  ma`lum qilgan. 

Tuman IIB JQBning “Diyor” ismli xodimi viloyat IIBga bildirgi orqali murojaat etib, fuqaro B.D.ning xatti-harakatlari haqida o`z vaqtida ogohlantirgan. Bildirgi yuzasidan Vazirlik O`XB Navoiy viloyati bo`yicha bo`limi xodimlarining tezkor sa`y-harakatlari tufayli, B.D. tanishi A.O`. dan pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga taqdim etildi.

"Vositachilik qilishni o`ziga kasb qilib olgan B.D. hamda uning rafiqasi B.S.ning qilmishi insoniylik xatti-harakatiga mutloqo ziddir. “Qo`shmachilik” qilishi bilan birga IIO xodimi nomini suiiste`mol qilishi hamda birovning nomidan noqonuniy harakat sodir etayotganligi ushbu fuqarolarning odamiylik qiyofasini yo`qotib qo`yganligidan dalolat emasmi? Qing`ir ishning qiyig`i 3 kunda fosh bo`ldi. Qonunbuzarlarning qilmishlari endi adolat tarozisidan baholanadi", deyiladi IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar