AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisi yil boshidan 131,6 ming kishiga ko`paydi

'O`zbekiston aholisi yil boshidan 131,6 ming kishiga ko`paydi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi O`zbekistondagi demografik holat haqida ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, respublikamizning doimiy aholisi soni joriy yil 1 aprel holatiga ko`ra, 34 million 36 ming 756 kishini tashkil etgan. Aholi yil boshidan 131,6 ming kishiga ko`paygan yoki 0,4 foizga o`sgan.

Respublikada shu yilning yanvar-mart oyida 170,4 ming kishi tug`ilgan (tirik), 37,5 ming kishi vafot etgan. 

O`zbekiston aholisining 50,3 foizi erkaklar, 49,7 foizi esa ayollardir.

Hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo`yicha eng ko`p ko`rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o`rinlarda Farg`ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar