Toshkent shahar hokimligi 28 aprel kuni poytaxtimizda kuchli shamol bo`lishidan, shu sababli avtomobillarni daraxtlar tagida qoldirmaslikdan ogohlantirdi.
"28 aprel kun davomida poytaxtimizda kuchli shamol kutilmoqda,, 12-17m/s. Bu esa o`z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo`lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar etkazishi mumkin.
Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo`yishingizni iltimos kilamiz. O`z mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang", deyiladi xabarda.
Avvalroq Buxoroda kuchli dovul kuzatilgani va uning oqibatida daraxtlar, ustunlar qulagani haqida xabar berilgandi.






