Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 9 nafar bemor to`liq sog`aydi. Ular viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 8 nafari erkak, 1 nafari ayol. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 19 yosh.
Buxoro viloyati bo`yicha shu paytga qadar 280 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 289 nafarga etdi. Yurtimizda bemorlarning sog`ayib chiqishi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich hozircha Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`aygan bemorlar 909 nafarni tashkil etmoqda.