AsosiyJamiyat

Deputatlar qonga muxtoj bemorlar uchun donorlik qilishda

«Adolat» partiyasi Toshkent shahar kengashi xodimlari va deputatlari Respublika qon q...

'Deputatlar qonga muxtoj bemorlar uchun donorlik qilishda'ning rasmi

«Adolat» partiyasi Toshkent shahar kengashi xodimlari va deputatlari Respublika qon quyish markazidagi qonga muxtoj bemorlar uchun donor sifatida qon topshirishdi. 

" - Bugungi tahlikali kechayotgan kunlarimizda bir-birimizga yordam berish, elkadosh bo`lib suyash har qachongidan ham muhim hayotiy zaruriyatga aylandi. Har birimizning qalbimizdan chiqayotgan ezgulik nuri savobli ishlarimizni yanada ko`paytirishga chorlamoqda, desak aslo mubolag`a bo`lmaydi, - deydi partiyaning Toshkent shahar Kengashi matbuot kotibi Mehriniso BOBONAZAROVA.  - Xususan, O`zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi xodimlari va deputatlari ham yuqorida tilga olingan xayr-sahovatli ishlarni yo`lga qo`yish borasida tinimsiz harakatdalar. Bu ham xayrli ishlarning bitta ko`rinishi, insonlarga yaxshilik ulashishning kichik bir ulushidir. Barchamizga ana shunday go`zal ishlar, muruvvatli bo`lish nasib etaversin, illo! 

 

    Boshqa yangiliklar