Milliarder Alisher Usmonovga tegishli «Metalloinvest» xolding rahbari Andrey Varichev pnevmoniyadan vafot etdi. Bu haqda RBKga metallurgiya shirkatidagi manba va «Metalloinvest» rahbarining do`sti aytib bergan.
Nashrning xabar berishicha, Varichev pnevmoniyadan vafot etgan. RBK manbalaridan birining so`zlariga ko`ra, Varichev koronavirus infeksiyasi borligini tekshirib ko`rdi, ammo u salbiy natija berdi.
«Metalloinvest» – bu Rossiya va MDHning eng yirik temir koni kompaniyasi bo`lib, temir koni zahirasi bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinda turadi. 2009 yil iyun oyidan Varichev «Metalloinvest» xolding kompaniyasi OAJ bosh direktori bo`lib tayinlangan edi.






