Fuqaro T.D 20 aprel kuni soat 21:00 larda karantin qoidalarini buzib, mast holda Quvasoy shahar, A.Azizov ko`chasida niqob taqmasdan, karantinga olingan hudud o`ralgan lentani uzib tashlagan. Shu erda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan A.X tomonidan tartibga chaqirilganda uyatli so`zlar bilan haqoratlagan.
Muqaddam bezorilik qilganligi uchun sudlanib, jazodan o`ziga tegishli xulosa chiqarmagan T.D sevgan qizini xonadoniga ketayotganligini vaj qilib fuqarolarning osoyishtaligini buzib, baqir-chaqir qilgan.
Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori M.Qning huquqbuzarlikni to`xtatish, jamoat tartibiga rioya qilish va IIB binosiga borish haqidagi qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, unga qarshilik ko`rsatgan.
Mazkur holat Quvasoy shahar ma`muriy sudida sudya M.Abdubannabovning raisligida ko`rib chiqildi. Huquqbuzar T.Dga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddalariga ko`ra uzil-kesil 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Huquqbuzardan davlat foydasiga ma`muriy qamoq xarajatlari uchun 501.750 so`m undirilishi belgilandi.






