Xitoyda koronavirus epidemiyasiga aloqador maxfiy xabarlarni yozib borayotgan 3 nafar bloger, 19 apreldan buyon izsiz g`oyib bo`ldi.
G`oyib bo`lganlardan birining qarindoshi bergan ma`lumotlarga ko`ra, blogerlar yo`qolib qolishlaridan avval Xitoy polisiyasi tomonidan so`roq qilingan.
Ma`lum bo`lishicha aynan shu blogerlar tarafidan ishlatilgan Terminus2049 nomli saytda Xitoy hukumati tomonidan senzuraga uchragan, bloklangan yoki o`chirilgan xabarlar takroran e`lon qilib borilar edi.






