Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 17 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan esa 13 nafar, jami 30 nafar bemor koronavirus infeksiyasini engdi. Ular Sog`liqni saqlash vazirligi mas`ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Ta`kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 320 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 350 nafarga etib, yurtimizda bemorlarning sog`ayib chiqishi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichga ega hudud bo`lib turibdi.
Shunday qilib, bugunning o`zida 104 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 1096 nafarga etdi va davolanayotganlarga nisbatan sezilarli darajada oshib ketdi.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 1969 nafarni tashkil qilib, sog`aygan va vafot etganlardan tashqari, ayni paytda jami 865 nafar bemor davolanmoqda.