Saype taxallusi bilan ijod qiluvchi Giyom Legro maysalar ustida tasviriy san`at asarlarini yaratadi. U butun dunyo bo`ylab, bioparchalanuvchan bo`yoqlardan foydalanib, minglab kvadrat metr maydonlarga suratlar chizadi.
Shu kunlarda Saype o`zining «Inqirozdan so`ng» deb nomlangan yangi rasmini taqdim etdi. https://t.me/ekologuz/2227


Unda uzoqlarga termulib turgan qizcha aks etgan.

Qizchaning yonida esa u bir-biri bilan qo`l ushlashib turganlar rasmi hamda bo`rlar ko`rinadi.
Musavvirning fikricha, ushbu surat koronavirus pandemiyasi tufayli uyda qamalib qolgan insonlarga umid baxsh etishi kerak. «Inqirozdan so`ng» kartinasi Shveysariyaning Egl okrugi Lezen kommunasida chizilgan.
Kartina maydoni uch ming kvadrat metrni tashkil etadi. Saypening boshqa suratlari bilan quyida tanishish mumkin:










