Avvalroq, Respublika maxsus komissiya axboroti e`lon qilindi, unga ko`ra, 2020 yil 30 aprel soat 06:00 dan bir qancha harakatlar uchun rasman ruxsat berilgani xabar qilingan edi.
Unga ko`ra, fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat berilgan edi.
Ayni paytda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berishicha, O`zbekistonda taksi xizmatlari 30 apreldan boshlab, soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanishi mumkin bo`ldi.