AsosiyDunyo

Koronavirusning nobud bo`lgan zarralari sog`aygan bemorning organizmida uzoq vaqt saqlanib qolishi ma`lum bo`ldi

Janubiy Koreya Milliy tibbiyot markazining yuqumli kasalliklar bo`yicha mutaxassislari COV...

'Koronavirusning nobud bo`lgan zarralari sog`aygan bemorning organizmida uzoq vaqt saqlanib qolishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Janubiy Koreya Milliy tibbiyot markazining yuqumli kasalliklar bo`yicha mutaxassislari COVID-19 dan sog`aygan bemorlarda takroriy testda musbat natija tasdiqlanishi sabablarining eng ko`p ehtimolini aytib o`tishdi.

Mutaxassislarga ko`ra, bunga sabab PSR-testlarning yuqori sezuvchanligi hisoblanadi. Testlar virus RNK sining allaqachon faol bo`lmagan zarralariga javoban musbat natijani ko`rsatadi, ya`ni virusning nobud bo`lgan zarralari sog`aygan bemorning organizmida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Mutaxassislar COVID-19 bilan qayta zararlanish yoki avval taxmin qilinganidek, virusning organizmdagi qayta faollashishini kam ehtimolli holat, deb hisoblashadi.

Avvalroq, Janubiy Koreyada COVID-19 ga tekshiruv testlari o`nlab sog`aygan bemorlarda musbat natija ko`rsatgan. Shu sabab JSST koronavirusga qarsh immunitet shakllanishi borasida shubha bildirdi va "immun pasportlari"ni kiritish xavfi to`g`risida ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar