Buyuk Britaniya koronavirus bilan bog`liq o`lim holatlari soni bo`yicha Ko`hna Qit`ada ikkinchi o`ringa chiqdi, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.
“Kecha e`lon qilinganidek, biz COVID-19 bilan bog`liq o`lim holatlarini hisoblash tizimini takomillashtirishga o`tamiz va koronavirus tahlili bilan nafaqat kasalxonalarda, balqi boshqa sharoitlarda hayotdan ko`z yumganlarni ham hisobga olamiz. Avvallari faqat kasalxonalarda o`lganlar koronavirus qurbonlari sifatida hisobga olinar edi“, — dedi Raab.
Shunday qilib, koronavirusdan o`lim holatlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar, ayniqsa, uyda vafot etgan keksalar ham hisobga kiritilgandan so`ng, qurbonlar soni 26 ming 97 kishini tashkil etdi. Holbuki, kuni kecha ushbu ma`lumotlar hisobga olinmaganda ushbu ko`rsatkich 21 ming 678 kishini tashkil etgan edi. Evropa mamlakatlari orasida koronavirusdan eng ko`p o`lim Italiyada qayd etildi, ya`ni bu mamlakatda hozirgacha jami 27 ming 359 kishi ofat qurboniga aylangan.
Ayni paytda Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 161 ming 145 kishini tashkil etmoqda. Dunyo bo`yicha esa infeksiya yuqtirganlar 3 milliondan oshdi.






