Hindistonlik mashhur aktyor, Bollivud yulduzi Rishi Kapur 68 yoshida Hindistonning Mumbay shahridagi klinikada vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
Rishi Kapur - aktyor va rejissyor Raj Kapurning o`g`li. Uni ko`plab vakillari Bollivudda suratga tushgan Kapurlar oilasining katta avlodidagi so`nggi yulduz deb atashgan.
Oilada Chintu deb laqab qo`yilgan Rishi Kapur birinchi jiddiy rolini otasining «Mening ismim Masxaraboz» (Mera Naam Joker, 1970) filmida o`ynagan, unda sovet aktyorlari, shu jumladan sirk aktyorlari ham rol ijro etgan. Yosh aktyor uchun birinchi katta muvaffaqiyat otasi Raj Kapur rejissyor bo`lgan «Bobbi» (Bobby, 1973) filmidagi rolidan keyin keldi. O`shanda Rishi Hindistonda yil aktyori deb tan olingan. Chintu an`anaviy ravishda hind kinosi uchun muhim bo`lgan romantik sevishganlardan birining rolini o`ynagan.
Shuningdek, Rishi Kapur «Qasoskor» (Barood, 1976), «Amar, Akbar, Antoni» (Amar, Akbar, Antoni, 1977), «Sevgi kasali» (Prem Rog, 1982), «Chandni» (Chandni, 1989), «Ko`r muhabbat» (Fanaa, 2006) va boshqa filmlarda suratga tushgan.
Bundan avval, yana bir hindistonlik aktyor Irfon Xonning vafot etgani haqida ham xabar bergan edik.






