AsosiyDunyo

Erga osmondan yonar jismlar «bostirib kirayotgan”ligi kuzatilmoqda (Video)

Dunyoning turli burchaklaridan osmonda tutab alangalanayotgan narsalar to`g`risida video x...

'Erga osmondan yonar jismlar «bostirib kirayotgan”ligi kuzatilmoqda (Video)'ning rasmi

Dunyoning turli burchaklaridan osmonda tutab alangalanayotgan narsalar to`g`risida video xabarlar kelmoqda. Odatda, bunday hodisalar quyosh nuri bilan yoritilgan samolyotlarning inversiya izlari bilan izohlanadi, ammo shu yilning aprel oyida dunyoning turli mamlakatlarida shunga o`xshash xodisalar kuzatila boshladi, ammo bu, faqat «inversiya izlari»ga mos kelmayapti, deyiladi tarjumon.uz xabarida.

Ko`rinishidan, qandaydir noma`lum uchar apparatlar koinotdan erga qo`nishmoqda va ular to`g`ri traektoriya bo`ylab uchmasdan, qalin qatlamli atmosfera qarshiligini kamaytirish uchun yo`nalishlarini o`zgartirib uchishmoqda va oddiy avialaynerlarga nisbatan ancha yirikroq.

Bu hodisalar guvohi bo`lgan va ko`rgan narsasidan xavotirga tushgan fuqarolar rasmiy hokimiyat vakillariga murojaat qilishganda, ularni bu inversion izlari ekanligiga ishontirishgan. Lekin, atmosferaga juft-juft bo`lib kirib, keskin harakatlarni amalga oshirayotganligini va ob`ektlarning juda katta ekanligini tasvirlovchi video va fotosuratlar paydo bo`lganida, bularni barchasini «meteoritlarning tushishi» bilan tushuntirishga harakat qilishdi.

Mana bu tasvirlar 2020 yil 23 aprelda Kaliforniya shtatidagi Treysi tepasidagi osmondani surat olingan. Kuzatganlari haqida xabar bergan fotograf, u ishdan uyga qaytayotganida, ertalabki osmonda g`alati ob`ektni ko`rganini aytgan.

«Mutaxassislar» albatta buni meteorit deb aytishadi, lekin siz biron marta meteoritning orqasida ikkita yonib turgan izlari bo`lganligini, ular erga borib urilishishdan oldin parvozlari davomida o`z yo`nalishini o`zgartirganligini ko`rganmisiz.

Xo`sh, bu nima – samolyot yoki meteoritlarning inversiya izlarimi yoki ehtimol global miqyosdagio`zini-o`zi yakkalashtirish rejimi tugashi bilan, biz to`satdan Er endi bizga tegishli emasligini va er sharimizning muhim nuqtalarida boshqa sivilizasiyaning asosiy poydevorlari allaqachon o`rnatib bo`linganligini ko`rarmiz?

Oxir oqibat, «bostirib kirish” har bo`lishi mumkin – ya`ni, agar raqib o`zini himoya qilmoqchi bo`lsa qurolni ishlatish yo`li bilan, va ammo qarshilik ko`rsatish urinishlarining befoyda ekanligini inobatga olib, raqibning ixtiyoriy ravishda taslim bo`lishi asosida.

    Boshqa yangiliklar