AsosiyDunyo

Koronavirusga qarshi vaksina yaratgani taxmin qilinayotgan Gilead kompaniyasi aksiyalari narxi oshmoqda

AQSh biofarmasevtik kompaniyasi Gilead Sciences aksiyalarining narxi 29 aprel holatiga ko`...

'Koronavirusga qarshi vaksina yaratgani taxmin qilinayotgan Gilead kompaniyasi aksiyalari narxi oshmoqda'ning rasmi

AQSh biofarmasevtik kompaniyasi Gilead Sciences aksiyalarining narxi 29 aprel holatiga ko`ra, 7,09 foizga, ya`ni 84,25 dollarga oshdi. Kompaniya ishlab chiqqan preparat koronavirusni davolashda qo`llanadigan vaksina bo`lishi mumkin. Deb yozmoqda Daryo.uz.

Oq uyda o`tgan rasmiy brifingda AQSh Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti (NAID) vakili Entoni Fauchi COVID-19’ni davolashda remdesivir ijobiy natija ko`rsatganini ma`lum qilgan.

Tadqiqotda butun dunyo bo`yicha mingdan ortiq bemor ishtirok etgan. Yangi dorining samaradoriligi plasebo bilan davolashga qiyoslanmoqda.

«Preparatni qabul qilgan bemorlar o`rtacha 11 kun ichida sog`aygan, plaseboni qabul qilgan kishilar esa 15 kunda tuzalgani haqida ma`lumotlar bor», — degan Fauchi.

Uning so`zlariga ko`ra ayrim bemorlar uchun davolash davri 5 kun ichida yakuniga etmoqda. Preparat tomchi dori tarzida yuboriladi va virusning genetik materialini ko`paytiruvchi funksiyasiga ta`sir ko`rsatadi.

Kompaniya vakillari preparatning hali lisenziya olmagani va dunyoning hech bir mamlakatida ro`yxatdan o`tmaganini qayd etgan. Shuningdek, uning koronavirusni davolashda salbiy jihatlari bor yoki yo`qligi haqida ham ma`lumot berilmagan.

Gilead yaqin vaqt ichida tadqiqot bo`yicha to`liq ma`lumotlar berilgan taqrizni ilmiy jurnallardan birida nashr qiladi.

Remdesivirning koronavirusni davolashda samaradorligi haqidagi xabar AQSh qimmatli qog`ozlar bozoriga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. 30 aprel Toshkent vaqti bilan 00:30 holatiga ko`ra S&P 500 bozorining indeksi 3,15 foizga, ya`ni 2953,63 pog`onaga o`sgan, Dow Jones sanoat indeksi esa 2,61 foiz — 24 729,79 punktga, Nasdaq Composite 3,96 foiz — 8948,45 punktgacha o`sgan.
 

    Boshqa yangiliklar