AsosiyDunyo

Amerika allergik va infeksion kasalliklarni o`rganish milliy instituti rahbari koronavirusni davolash dorisini topdi

'Amerika allergik va infeksion kasalliklarni o`rganish milliy instituti rahbari koronavirusni davolash dorisini topdi'ning rasmi

Amerika allergik va infeksion kasalliklarni o`rganish milliy instituti rahbari Entoni Fauchi (shu kunlarda Amerika qahramoni)ning aytishicha, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan hamda og`ir ahvolda bo`lgan bemorlarga remdesivir dorisining foyda berishi yaqqol aniq bo`ldi. Uning so`zlariga ko`ra, mazkur preparatni qo`llash natijasida bemorda simptomlar 15 kun emas, balki 11 kunda barham topadi. Bu haqda internetdagi manbalarga asoslanib Daletov.uz xabar berdi.

Mutaxassislar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va og`ir ahvolda bo`lgan 197 nafar bemorni 10 kun davomida hamda yana 200 nafar bemorni besh kun davomida remdesivir bilan davolashgan. Sinovga olingan 397 nafar bemorda pnevmoniya alomatlari ko`zga tashlangan va qonida kislorod darajasi past bo`lgan, ammo ularga hali sun`iy nafas olish apparati kerak bo`lmagan. Bemorlarning yarmi 14 kunlik davolanishdan so`ng kasalxonani sog`ayib tark etgan.  

Hozircha dorini ko`p sonli bemorlarda sinovdan o`tkazishmoqda. Preparatni ishlab chiqaruvchi Gilead kompaniyasi yaqin haftalarda tadqiqot va sinov natijalarini to`liq e`lon qilishi kutilayapti.  

Qiziq tarafi, mazkur dorining sinovdan yaxshi o`tganligi haqidagi xabar ortidan nafaqat Gilead kompaniyasi aksiyalari, balki Amerika fond bozori o`sa boshlagan.

Boshqa yangiliklar