AsosiyJamiyat

XTV: maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida ma`lumot haqiqatga zid

Ba`zi ommaviy axborot vositalarida maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida ma`lumot...

'XTV: maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida ma`lumot haqiqatga zid'ning rasmi

Ba`zi ommaviy axborot vositalarida maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida ma`lumot e`lon qilindi.

Mazkur ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qilamiz, deb xabar qildi XTV matbuot kotibi.

Xabarda aytilishicha Respublika komissiyasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o`quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o`tkazish yo`llarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o`z kanallari orqali ma`lum qiladi.

Shu o`rinda, o`quvchilarga “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom etishlarini tavsiya etamiz, deyilmoqda xabarda.

    Boshqa yangiliklar