Xitoylik shifokorlar erkak va ayollar SARS-CoV-2 koronavirusi bilan ko`pincha bir xil zararlanishini aniqlashdi. Biroq ko`p holatda erkaklar jonlantirish bo`limiga yotqiziladi va COVID-19dan ayollarga nisbatan 2 barobar ko`proq vafot etishadi.
Ularning xulosalari "Frontiers in Public Health" jurnalida chop etilgan, deb yozmoqda Koronavirus info.
Uxanda SARS-CoV-2 koronavirusi epidemiyasi boshlangan ilk kunlardayoq shifokorlar COVID-19 kasalligi sezilarli darajada ko`proq erkaklarga yuqishi va hayotlariga zomin bo`layotganiga e`tibor qaratishdi.
Biologlar ular o`rtasidagi farqni avvaldan erkaklarning o`pka hujayralarida virus zararlashi ehtimoli yuqori bo`lgan ACE2 reseptori molekulalari ayollar nafas organlaridagi xuddi shunday tanachalarga qaraganda sezilarli darajada ko`pligi bilan bog`lashadi.
Mutaxassislar o`zlarining shaxsiy klinikalari va Xitoyning boshqa kasalxonalarida davolangan bemorlar statistikasini o`rganish asnosida ushbu muammoni batafsil tadqiq qilishdi.
Olimlar turli yosh va ijtimoiy-iqtisodiy toifadagi mingdan ziyod bemor kasallik tarixini o`rganishdi.
Ma`lumotlar tahlili, kutilmagan tarzda infeksiya yuqtirish ayol va erkaklarda taxminan bir xilligini, COVID-19dan vafot etish ehtimoli tengligi va asoratlar rivojlanishi sezilarli darajada farqlanishini ko`rsatdi. Xususan, koronavirus qurbonlari orasida erkaklar o`limi 70 foizni tashkil etgan bo`lsa, xuddi shunday jonlantirish bo`limiga tushgan va sun`iy nafasga ehtiji bo`lgan erkak bemorlar soni ham shuncha.
Qizig`i shundaki, xuddi shu manzara 2003 yilda atipik pnevmoniyaga chalingan Xitoy aholisi o`rtasida ham kuzatilgan. Olimlarning fikricha, atipik pnevmoniya qo`zg`atuvchilari ham o`pka hujayralari va inson tanasining boshqa to`qimalariga kirib borish uchun ACE2 reseptorlaridan foydalanadi.






