AsosiyJinoyat

Yangiyo`lda buziladigan uylar yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlardagi Yangiyo`l tumani Bunyodkor mahallasidagi noqonuniy qurilmalarning b...

'Yangiyo`lda buziladigan uylar yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi bayonot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardagi Yangiyo`l tumani Bunyodkor mahallasidagi noqonuniy qurilmalarning buzilishi bo`yicha videomurojaatlar yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Pytilishicha Yangiyo`l tuman, “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 48 nafar fuqarolar tomonidan 2019 yil fevral-aprel oylarida 7,07 gektar qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan yuqori unumdor erlarga o`zboshimchalik bilan bir xonali noqonuniy qurilmalar qurib olingan.

Ushbu qurilishi bitmagan imoratga kadastr yig`ma jildini rasmiylashtirish maqsadida mahalla raisi K.Rixsievdan go`yoki ular er maydoniga 2005 yildan buyon egalik qilishlari to`g`risida mulk huquqini e`tirof etishga sabab bo`ladigan soxta ma`lumotlarni olishga erishib, tuman davlat xizmatlar markaziga taqdim etishgan.

O`z navbatida, Er tuzish va ko`chmas mulk kadastr davlat korxonasi  xodimlari ushbu qurilmalarga noqonuniy ravishda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berganlar.

Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, yuqori unumdor erlar egallanib, o`zboshimchalik bilan qurilmalar qurilishi oqibatida, qishloq xo`jaligida foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgan va meliorativ holatini yo`qotgan.    

Mazkur qurilishi bitmagan imoratlar O`zbekiston Respublikasi Er to`g`risidagi qonunlari va qonun osti hujjatlari talablariga zid ravishda qurilgan bo`lsada, kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilganligi holati yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi va boshqa tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Yangiyo`l tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

Yuqorida qayd etilgan noqonuniy qurilmalarni buzish bo`yicha ogohlantirish xatlari berilgan, sud qarorlari mavjud bo`lib, berilgan muddatlar o`tib ketgan bo`lsada, fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda buzib olinmagan.  

Noqonuniy qurilmalar qurilishi oqibatida unumdor qishloq xo`jaligida foydalaniladigan erlar muomaladan chiqib,  xalqimizni qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlanishiga, eksport hajmini bajarilishiga salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar