1

Sardoba" suv ombori dambasidan suv chiqishining telekommunikasiya tarmoqlariga ta`siri bormi?

Hi-tech 01.05.2020, 18:50
Sardoba" suv ombori dambasidan suv chiqishining telekommunikasiya tarmoqlariga ta`siri bormi?

Sirdaryo viloyatidagi "Sardoba" suv ombori dambasidan suv chiqishining  telekommunikasiya tarmoqlariga ehtimoliy  ta`siri to`g`risida axborot berildi.

AKT vazirligi ehtimoliy salbiy oqibatlar natijasida telekommunikasiya tarmoqlarida shikastlanishi kabi holatlarning oldini olish maqsadida bir qator telekommunikasiya ob`ektlari, xususan, xavfli xududlardagi telefon stansiyalari va mobil aloqa baza stansiyalari ishlashi nazoratga olgan.

Vazirlik tomonidan telekommunikasiya tarmoqlarida kelib chiqishi mumkin bo`lgan salbiy oqibatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etishni tashkil etish hamda barqaror aloqa xizmatlarini ko`rsatilishini qayta tiklash uchun soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarining zahira kuchlarini shu hududga safarbar etdi.

Shu bilan bir birga aholi evakuasiya qilingan hududlarda tashkil etilgan muvofiqlashtirish markazlarini zarur aloqa tarmoqlari bilan ta`minlash choralari ko`rilmoqda.

Ushbu xududlarda foydalanuvchilarga telekommunikasiya xizmatlarini ko`rsatilishida to`xtalishlar va uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1