AsosiyJinoyat

Xorazmda telefon o`g`rilari qo`lga olindi

2020 yil 31 mart kunidan 01 aprel kuniga o`tar kechasi, 30 yoshli D.A., tanishi 28 yoshli...

'Xorazmda telefon o`g`rilari qo`lga olindi'ning rasmi

2020 yil 31 mart kunidan 01 aprel kuniga o`tar kechasi, 30 yoshli D.A., tanishi 28 yoshli R.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Urganch shahar Gurlan ko`chasidagi do`konga kirish eshigini temir jism bilan ochib g`ayriqonuniy ravishda ichkariga kirib, umumiy bahosi 24.011.000 so`mlik telefon apparatlari va turli xildagi boshqa maishiy texnika vositalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan Urganch shahri bo`yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan R.A. va D.A.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov jarayonida D.A., dan o`g`irlik natijasida qo`lga kiritilgan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

D.A. va R.A., larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (hujjatlarni egallash) va 169-moddasi 3-qismi “a” (o`g`irlik) bandi bilan ayb e`lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar