2020 yilning aprel oyi boshlarida noma`lum shaxslar Karmana tumani “Uyrot” mahallasida qurilish ishlarini olib borayotgan qurilish kompaniyasining uchastkasi hududiga devor orqali g`ayriqonuniy ravishda kirib, omborxonada mavjud bo`lgan uzunligi 632 metrni tashkil etuvchi, narxi 8.468 AQSh dollar bo`lgan mis kabellarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 28 yoshli Z.A., 30 yoshli O`.X., 34 yoshli J.Ya. lar tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan.
Tergov harakatlari davomida, ashyoviy daliliy tariqasida 63 kilogramm miqdordagi mis, 700.000 so`m pullar, 1 dona elektron tarozi, 1 dona temir arra, temir qaychi, bolgarka, qo`lqoplar olingan.






