AsosiyDunyo

Koronavirusdan yuqori o`lim darajasi D vitamini etishmasligiga bog`liq — JSST

Tashkilotda Sharqiy Angliya universiteti va qirolicha Elivaveta shifoxonasi jamg`armasi ol...

'Koronavirusdan yuqori o`lim darajasi D vitamini etishmasligiga bog`liq — JSST'ning rasmi

Tashkilotda Sharqiy Angliya universiteti va qirolicha Elivaveta shifoxonasi jamg`armasi olimlari olib borgan tadqiqotga shunday izoh berildi. Tadqiqot natijalari Research Square nashrida chop etilgan. Tadqiqot mualliflari Evropaning koronavirus bilan qamrab olingan 20 ta davlati aholisida D vitamini o`rtacha darajasini koronavirusdan o`limlar soni bilan taqqoslashgan. Olimlar Evropada koronavirusdan eng ko`p jabr ko`rgan Ispaniya va Italiya aholisida, ayniqsa keksa kishilarida ushbu vitamin past darajada ekanini aniqlashgan. Shundan kelib chiqib, ular koronavirusdan yuqori o`lim darajasi sabablaridan biri D vitamini etishmasligi haqidagi taxminni ilgari surishgan

Rossiya Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar qalbakilashtirilishiga qarshi kurashish komissiyasi matbuot kotibi Petr Talantovning ta`kidlashicha, bu tadqiqot D vitaminining koronavirusga chalinish ehtimoli yoki kasallikning borishiga ta`sir qilishini ko`rsatmaydi. “Birinchidan, ushbu maqola taqrizdan o`tmagan bo`lib, unda xohlagan narsani yozish mumkin. Ikkinchidan, tadqiqotda tanlangan usul qo`yilgan masalaga javob topishda umuman olganda yaroqsiz hisoblanadi”, deb aytgan Talantov.    

Uning ta`kidlashicha, koronavirus mavzusi atrofida “oxirgi vaqtda past sifatdagi tadqiqotlar shunchalik ko`payib ketganki, boshqa vaqtda ular nazarga tushish uchun birorta imkoniyatga ega bo`lmasdi”.
  
Tadqiqotda qo`llangan usulning to`g`riligiga Klinik tajribaviy tibbiyot instituti xodimi, virusologiya professori Aleksandr Chepurnov ham shubha bildirgan. Uning ta`kidlashicha, mamlakat bo`yicha D vitamini darajasi statistikasi va koronavirusga chalinganlar sonini taqqoslashda “tasodifiy mosliklar ehtimoli juda yuqori bo`ladi”. 

O`z navbatida, yana bir mutaxassis, virusolog, tibbiyot fanlari doktori Nikolay Malishev ingliz olimlari taqdim qilgan ma`lumotni dolzarb emas, deb topgan. Uning ta`kidlashicha, “bir vitamindangina sabab izlash bo`yicha” tadqiqot “40 yil avvaloq” olib borilgan. 

JSST 2017 yilda D vitamini taqchilligi immun tizimiga ta`sir qilishi mumkinligini, chunki u shilliq pardaning himoyalovchi funksiyalari oshishiga yordam berishini ko`rsatgan. Shuningdek, tashkilot vitaminning respirator kasalliklarda himoyalovchi samarasini ko`rsatgan bir qator tadqiqot natijalarini keltirib o`tgan.

D vitamini qonda fosfor darajasini saqlab turadi, yurak, buyrak va terini himoyalaydi, immunitetni oshiradi va mushaklar bo`shashishi oldini oladi. Uning etishmasligi quyoshda kam bo`lish sababli yuzaga keladi, biroq bu kamchilik vitaminlar qabul qilish bilan “davolanadi”.

    Boshqa yangiliklar