1

Angrenda fuqaro hovlisini qazish chog`ida qadimiy sopol ko`zalarni topib oldi

Madaniyat 05.05.2020, 14:02
Angrenda fuqaro hovlisini qazish chog`ida qadimiy sopol ko`zalarni topib oldi

Angren shahri «Bog`i Surh» MFY Abay ko`chasida yashovchi F.N. o`z turar joyi hovlisidan bir qator qadimiy ko`zachalarni topib oldi. Bu haqda Angren shahar hokimligi Axborot xizmati o`zining rasmiy kanalida xabar berdi.  Ma`lum bo`lishicha uy egalari o`z hovlisida chuqur qazishayotgan chog`da u erdan eski qabr ochilgan.

U erdan sopol buyumlar chiqqan. Bu haqda 30 aprel kuni fuqaro Angren shahar tarix muzeyiga xabar bergan. Muzey xodimlari 1 may kuni Angren shahar «Bog`i Surh» MFY Abay ko`chasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida uning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlarini olib borishgan.

Foto: Angren shahar hokimligi matbuot xizmati

Qazishma ishlari davomida ushbu qabr Qovunchi madaniyatiga oid bo`lib, u miloddan avvalgi 3-4 asrlarga tegishli ekanligi qayd etilgan. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil shakldagi sopol buyumlari qazib olingan. Hozirda bu ashyolar bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1