1

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Siyosat 05.05.2020, 20:01
O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoev 5 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko`rib chiqib, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Epidemiologik vaziyat rivojini nazorat qilish va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo`yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Ikki mamlakat hukumatlariga ushbu xavfli kasallikka qarshi kurashishda o`zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish va yaqindan hamkorlikni davom ettirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Pandemiyaning avvalo O`zbekiston-Tojikiston savdo-iqtisodiy aloqalari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida oldindan chora ko`rish va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish zarurligi qayd etildi.

O`zaro savdoda yuqori o`sish sur`atlarini ushlab qolish, transport qatnovlarini ta`minlash, sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, moliya va boshqa sohalarda ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo`yicha harakatlar tartibini birgalikda ishlab chiqish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar o`rtasida muntazam videoanjumanlar o`tkazib turish muhim ekani ta`kidlandi.

Shuningdek, Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi. Telefon muloqoti chog`ida O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat har doimgidek samimiy, konstruktiv va do`stona ruhda o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1