O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Sardobadagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bilan bog`liq yangi tafsilotlarni ma`lum qildi.
Xabar berilishicha, favqulodda vaziyat o`chog`ida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Toshqin sodir bo`lgan hududlarning turli qismlarida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida, afsuski, to`rt nafar qurbonlar aniqlandi.
Ayni vaqtda suv toshqini bo`lgan hududda Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boshqa davlat xizmatlarining 2 mingga yaqin maxsus texnikasi ishlamoqda. Shuningdek, ushbu hududda Yong`in o`chirish mashinalari va motopompa yordamida toshqin suvi uylardan, infratuzilma ob`ektlaridan chiqarilib, sug`orish va drenaj tizimlari tozalanmoqda. Shu bilan birga, nobud bo`lgan chorva mollari ko`milib, sanitar-gigienik tozalash ishlari olib borilmoqda.
Hukumat komissiyasi tomonidan “Sardoba” suv omborining yorilishi natijasida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari jadallashtirildi.






