AsosiyJamiyat

G`uzorda sodir bo`lgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi, yana biri shifoxonada (foto)

Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani, Mustaqillik ko`chasida “Lasetti” va  asfalt...

'G`uzorda sodir bo`lgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi, yana biri shifoxonada (foto)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani, Mustaqillik ko`chasida “Lasetti” va  asfalt yotqizish mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`lgan, natija bir kishi halok bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston  IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qiladi. 

YTH joriy yilning 4 may kuni soat 21:20larda yuz bergan. “Lasetti” haydovchisi 1989 yilda tug`ilgan A.S. avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yo`lning o`ng chetida to`xtab turgan, harakatda bo`lmagan “Yo`l qurilish unitar” korxonasiga tegishli bo`lgan asfalt yotqizish mashinasiga urilgan. 

Haydovchi A.S. olgan og`ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo`lovchisi 1986 yilda tug`ilgan  A.P. esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan G`uzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar