1

Hamma karantinda. Chinni omborini esa o`g`ri urdi

Jinoyat 06.05.2020, 16:32
Hamma karantinda. Chinni omborini esa o`g`ri urdi

Buxoroda 2020 yilning mart oyining o`rtalaridan 02 may kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxslar Buxoro shahar “Sanoatchilar” ko`chasida joylashgan fuqaro L.X., ga tegishli chinni idishlar saqlanadigan omborxonaga kirish darvozasini kalit tanlash yo`li bilan ochgan holda g`ayriqonuniy ravishda kirishgan. 

IIV xabar berishicha ular omborxonada saqlanayotgan jami bahosi 84.843.000 so`mlik turli xildagi chinni idishlarni yashirin ravishda  talon-toroj qilib, hodisa sodir bo`lgan joydan yashiringan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatalr natijasida mazkur jinoyatni 24 shli A.X. va 23 yoshli X.A., lar sodir etganligi aniqlangan va talon-taroj qilingan mulkning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan. A.X. va X.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1