AsosiyJinoyat

Oltiariqda qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi

'Oltiariqda qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida 4 may kuni IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Yorqin ko`chasida yashovchi O.A. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, tanishlari M.X., N.X. va A.U.larni qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 880.000 so`m pul va o`yin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o`tkazish, ana shunday o`yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish etti yilgacha ozodlikdan  mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tamiz. 

    Boshqa yangiliklar