AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O`zbekistonga beriladi, deb xabar bermoqda AQShning O`zbekistondagi elchixonasi.
Ushbu mablag` COVID-19 testlari uchun laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanadi.
Shuningdek, ajratiladigan mablag` CDC Atlantada ochganiga o`xshash O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimida shoshilinch tibbiy operasiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihozlar xarid qilish va trening o`tkazishga sarflanadi.
Qayd etilishicha, CDC chegara kirish punktlarida tekshiruvdan o`kazish uchun texnik ko`mak ham beradi, bu esa mamlakatning chegaralarda shaxslarni aniqlash va javob qaytarish qobiliyatini mustahkamlaydi.