1

Ellikqal`ada fuqaroga 70 sotix er olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Jinoyat 08.05.2020, 11:16
Ellikqal`ada fuqaroga 70 sotix er olib bermoqchi  bo`lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. fuqaro Z.Sh.ning ishonchiga kirib, unga Ellikqal`a tumani, Qilchinoq OFY hududidan uy-joy qurish uchun 70 sotix er maydonini tanishlari orqali olib berish evaziga 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

         Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyati ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. Bu haqda Darakchi.uz ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1