AsosiyDUNYO

Koronavirus AQSh tarixidagi eng yomon “urush” bo`ldi — Tramp

Chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasini mamlakat tarixida b...

'Koronavirus AQSh tarixidagi eng yomon “urush” bo`ldi — Tramp'ning rasmi

Chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasini mamlakat tarixida bo`lib o`tgan eng yomon "urush" deb atadi. Bu haqda Tarjumon yozmoqda.

"Bu Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning Pearl Harbor aviabazasiga qilgan bombardimonidan ham, 11 sentyabrda Jahon savdo markazining portlatilishidan ham yomonroq urush. Virus hech qachon bo`lmasligi mumkin edi. Uni boshlangan joyida, ya`ni Xitoyda to`xtatish mumkin edi. Lekin bunday bo`lmadi", dedi Tramp Oq uyda.

Ayni paytda AQSh va Xitoy o`rtasida virus tarqalishi bilan bog`liq “so`z urushi” avj olib bormoqda. AQSh Xitoyni koronavirusni o`z vaqtida to`xtatmaganlikda ayblamoqda.

Aksariyat ekspertlarning fikriga ko`ra, virus Uxandagi yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozordan kelib chiqqan. Ammo, Tramp ham, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ham koronavirusning Xitoy laboratoriyasida yaratilganiga muhim dalillar borligini iddao qilishgan.

"Ular buni bilganlar. Xitoy dunyo bo`ylab yuz minglab odamlar o`limining oldini olishi mumkin edi. Xitoy dunyoni iqtisodiy tanazzuldan xalos qilishi mumkin edi. Xitoy hanuzgacha odamlarning xavfsizligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortmoqda» dedi Pompeo 6 may kuni Davlat departamentidagi matbuot anjumanida.

"Ma`lumot o`rnida, hozirgacha dunyo bo`ylab koronavirus sababli 255 000 dan ortiq odam halok bo`ldi. Qurbonlarning kamida 70 000 nafari AQShda qayd etilgan" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar