Interfax.ru manbasi Donald Trampning shaxsiy yordamchilaridan biri koronavirusga chalingani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha Trampning shaxsiy kamerdineri vazifasini bajaruvchi harbiy xizmatchida koronavirus aniqlangan. Bu xabardan Trampning asabi buzilgan.
Ma`lumki AQShda kamerdinerlar davlat rahbari oilasiga yaqindan xizmat qiladigan elita harbiy qism a`zolari hisoblanadi. Ammo shaxsiy yordamchisida aniqlangan bo`lsa-da prezidentga va uning atrofidagilarga virus yuqmagani aytilmoqda.
“Prezident va vise-prezidentda virusga topshirilgan test salbiy bo`lib chiqqan hamda ular sog`lom“, — deyiladi xabarda.
Gap shundaki, koronavirus epidemiyasi paytida AQSh prezidenti Donald Tramp, vise-prezident Mayk Pens va adminstrasiyaning yuqori lavozimdagi xodimlari testlarni muntazam topshirib kelishmoqda.
Hafta oxirigacha mamlakatdagi 43 ta shtatda karantinni to`liq yoki qisman olib tashlash va biznes hamda boshqa muassasalar faoliyatini qayta tiklash rejalashtirilyapti.






